08 noy 08:32
Yangiliklar
![](/upload/storage/22225_220.jpg)
WBC prezidenti: “Boks Uaylder - Joshua jangiga muxtojlik sezyapti”
Suleymanning shaxsan o'zi WBC yo'nalishi chempioni amerikalik Deontey Uaylderning kanadalik davogar Bermen Stivernga qarshi o'tkazgan jangini arenada tomosha qilgandi. Jang yakunlanganidan so'ng u o'z tashkiloti chempioni bilan suhbat qurishga ham ulgurdi.
Xose boks ahli Uaylderning WBA va IBF yo'nalishlari
chempioni britaniyalik Entoni Joshua bilan birlashtiruvchi chempionlik jangi
o'tkazishini istayotganini aytgan.
“Uaylder
- Joshua jangi uchun barcha narsa tayyor. Uaylderning o'zi menga keyingi jangini
Joshuaga qarshi o'tkazish istagida ekanligini malum qildi. Bu jangni tashkil qilish
uchun biz bor imkoniyatni ishga solamiz. Eng muhimi, ikkala bokschi ham bu jang
o'tkazilishini xohlayapti. Endi hamma gap promouterlar, menejerlar va
telekanallarda qoldi”, - dedi Suleyman.
Fikrlar