02 apr 12:17
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC prezidenti: "Ular o'rtasidagi jang boksning siyosatdan yuqori ekanligini isbotlaydi"
WBC prezidenti Maurisio Sulaymon 7 may kuni bo'lib o'tadigan meksikalik Saul Alvares va rossiyalik Dmitriy Bivol o'rtasidagi jangini o'tkazish haqidagi qarorini qo'llab-quvvatladi.
"Kanelo va Bivol o'rtasidagi jangni chetlab o'tsak uyat bo'lardi. Bu jang bo'lib o'tishidan xursandman. Ular o'rtasidagi jang boksning siyosatdan yuqori ekanligini isbotlaydi.
Bo'layotgan voqealarni inobatga olsak, bu nozik masala. Jangning siyosiy mojaroga aloqasi yo'q" - deya Sulaymonning so'zlaridan iqtibos keltiradi BoxingScene.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar