17 noy 12:37
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC pushtirang yangi chempionlik kamarini tasis etdi
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) ayollar o'rtasida yangi pushtirang jahon chempionlik kamarini tasis etdi.
Uning ilk sohibasi birinchi engil vazn toifasidagi bokschilar bo'ladi. Bu qarorga Filippin poytaxti Manila shahrida ayollar boksi bo'yicha o'tkazilgan Kongressda malum qilindi.
Ushbu pushtirang chempionlik kamari uchun vaqtinchalik WBC chempioni Keniya Enrikez (21-1, 9 KO) hamda davogar Sulem Urbina (7-0, 1 KO) ringga ko'tarilishadi. Jang sanasi va manzili keyinroq malum bo'ladi.
Havola :
Fikrlar