04 may 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC rahbari Pakyaoning nima sababdan boksga qaytishga qaror qilganini tushuntirdi
Butunjahon boks kengashi (WBC) prezidenti, meksikalik Maurisio Suleyman beshta vazn toifasidagi afsonaviy sobiq jahon chempioni, filippinlik Menni Pakyaoning qaytishi haqida gapirdi.
"Pakyao faoliyatidagi birinchi WBC kamarini o'ta engil vazn toifasida qo'lga kiritgandi. Endi u faoliyatini yarim o'rta vazn toifasi bo'yicha WBC chempioni sifatida yakunlamoqchi", deydi Suleyman.
Malumot uchun, yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik charm-qo'lqop ustasi SHahram G'iyosov ham faoliyat olib boradi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar