22 sen 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC Rayan Garsiya - Jozef Dias jangini o'tkazishga ruxsat berdi
Bu haqida Boxing News 24 nashri xabar bermoqda.
Butunjahon boks ittifoqi (WBC) engil vazn toifasida WBC vaqtinchalik chempioni Jozef Dias 32-1-1, 15 KO) hamda Rayan Garsiya (21-0, 18 KO) o'rtasidagi jangni o'tkazishga rasman ruxsat berdi. Jang shu yilning noyabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Rayan Garsiya iyul oyida Xaver Fortunaga qarshi jang qilishi kerak edi, ammo sog'lig'idagi muammolar sabab ushbu jangdan olingandi. Rayan Garsiyaning o'rniga jang qilgan Jozef Dias esa Fortunani mag'lub etib, WBC vaqtinchalik kamariga ega chiqqandi.
Havola :
Manba : BoxingNews24
Fikrlar