22 fev 18:51
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC Saudiya Arabistonida yosh bokschilar uchun Gran-Pri tashkil etmoqchi
Bu haqida tashkilot prezidenti Maurisio Suleyman aytib o'tdi.
Unga ko'ra, musobaqa aprel oyida tashkil etiladi. Bahslarda to'rtta vazn toifasida 128 nafar bokschi qatnashadi. Musobaqa yarimengil, birinchi yarimo'rta, o'rta va superog'ir vazn toifasida o'tkaziladi. Jangdar 1/16 finaldan boshlanadi va 6 raunddan iborat bo'ladi. Final janglari esa 8 raundlik bo'ladi.
Musobaqada 26 yoshdan kichik bo'lgan bokschilar qatnashadi. Ular prof boksda 10 tadan ko'p jangda qatnashmagan bo'lishi kerak. Ular VADA protokoli bo'yicha tasodifiy doping testidan o'tkaziladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar