18 noy 17:53
Yangiliklar
Boks/MMA
WBC Silver kamari sohibi Azizbek Abdug'ofurov navbatdagi jangini o'tkazdi
Professional boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Azizbek Abdug'ofurov bugun Filippinda o'zining navbatdagi jangida ringga ko'tarildi.
Abdug'ofurov mazkur jangda o'zining WBC Silver kamarini himoya qildi. Bahsda bokschimizga xitoylik Vujati Nuerlang raqiblik qildi. To'qnashuv to'liq 12 raund davom etdi va yakunda hamyurtimiz 117:111, 118:111, 117:110 hisoblarida g'alaba qozonib, kamarni o'zida saqlab qoldi.
Malumot uchun, jang Azizbek Abdug'ofurov professional boksdagi 12-jang bo'lib, hamyurtimiz ularning barchasida g'alaba qozongan. To'rtta jangda raqiblarini muddatidan avval nokautga uchratgan. Nuerlang esa bugun faoliyatidagi 13-jangini o'tkazdi. U bungacha 11 marotaba raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan (9 tasida nokat evaziga). Bugun faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar