06 dek 11:37
Yangiliklar

WBC Uaylder - Fyuri jangi hakamligi bo'yicha berilgan apellyaciyani ko'rib chiqadimi?
Kuni kecha promouter Frenk Uorren WBCga Uaylder va Fyuri o'rtasida revansh jangini tashkil etish bo'yicha so'rovnoma jo'natgandi. O'z o'rnida WBC rasmiy mulozimlari takroriy jangga qarshi emasliklarini bildirishdi.
Vaholanki, amerikalik jahon chempioni o'ziga tegishli bo'lgan WBC chempionlik kamarini rasmiy davogar Dominik Brizildan himoya qilishi kerak. SHunga qaramay, WBC jangning tomoshabopligi jihatidan ikki tomonga muzokaralarni o'tkazishga ruxsat berdi.
Lekin birinchi jang hakamligi bo'yicha berilgan apellyaciya WBC tomonidan ko'rib chiqilmaydi. Bu xabarni shaxsan WBC prezidenti Mauricio Sulaymonning o'zi aytgan.
“Jangning uchchala hakami ham halol insonlar edi. Ularning qarorlaridan shubha qilmasa ham bo'ladi”, - deyiladi WBC bayonotida.
Fikrlar