05 iyu 11:46
Yangiliklar

WBC Usikni “tatildagi chempion” deb elon qildi
Bu bilan birinchi og'ir vazn toifasida WBC chempionlik kamari vakant, yani egasiz qoldi. Birinchi og'ir vazn toifasi reytingida birinchi o'rinni egallab turgan rossiyalik Murat Gassiev ham Usik kabi superog'ir vaznga o'tganligini elon qilgan.
Birinchi og'ir vaznda WBC chempionlik kamari taqdiri katta ehtimol bilan 15 iyun kuni aniqlanadi. SHu kuni Butunjahon boks superseriyasi (WBSS)ning yarim finalida Yuniel Dortikos (reytingdagi o'rni #3) va Endryu Tabiti (reytingdagi o'rni #2) o'zaro to'qnash kelishadi.
Agar ukrainalik Aleksandr Usik qandaydir sabab bilan birinchi og'ir vazn toifasiga qaytsa, u holda Champion in Recess maqomi unga hech qanday saralashsiz WBC chempionlik kamari uchun ringga chiqish imkoniyatini beradi.
Fikrlar