23 jan 11:38
Yangiliklar

WBC yilning eng yaxshilarini elon qildi (to'liq ro'yxat)
“Yil bokschisi” nominaciyasida kutilganidek, birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni Aleksandr Usik 2018 yilning eng yaxshi bokschisi deb elon qilindi.
SHuningdek, ukrainalik jahon chempioni “Yil nokauti” nominaciyasida ham g'olib bo'ldi. Uning britaniyalik Toni Bellyuni nokautga uchratgani “Yil nokauti” sifatida etirof etilgan.
Yana bir ukrainalik jahon chempioni Aleksandr Gvozdik “Mavsum kashfiyoti” nominaciyasida eng yaxshi bo'ldi. Uaylder - Fyuri jangi 2018 yilning eng yaxshi jangi deb topildi.
WBCning barcha nominaciya g'oliblari:
Yil jangi – Uaylder - Fyuri
Muxlislar tanlovi – Saul Alvares
Yil murabbiyi – Eddi Reynoso (Saul Alvaresning murabbiyi)
Yil qaytishi – Tayson Fyuri
Yilning umidli bokschisi – Toni Yoka
Yil raundi – Rungvisay - Estrada jangining 12-raundi
Yil shousi – Alvares va Golovkin o'rtasidagi revansh
Dramatik kechgan yil jangi – Stivenson - Jek
Fikrlar