16 may 16:00
Yangiliklar
WBO Bivol - Ayfert jangi g'olibiga majburiy davogar kim bo'lishini malum qildi
Unga ko'ra, WBO’ning yarimog'ir vazndagi vaqtinchalik chempioni Kallum Smit 30 may kuni Ekaterinburgda o'tadigan titul jangi g'olibining keyingi raqibiga aylanadi. Smit bu maqomni Zak CHelli reytingda birinchi o'rinda turgan Devid Morrelni nokautga uchratganidan keyin qo'lga kiritdi.
Morrel va Smit 18 aprel kuni Liverpulda jang qilishi kerak edi, ammo britaniyalik bokschi jarohat sabab hozircha janglardan chetga chiqqan. Morrel esa CHelliga qarshi jang qilishga qaror qildi va 10-raundda nokautga uchrab, reytingdagi o'rnini yo'qotdi. Smit vaqtinchalik chempionlik uchun jangda Joshua Buatsini ham mag'lub etgan.
SHu bilan birga, Dmitriy Bivol uchun bir qator qiziqarli variantlar ham bor — WBC kamari sohibi Devid Benavidesga qarshi mutlaq chempionlik jangi yoki Artur Beterbiev bilan uchinchi to'qnashuv.
Fikrlar