18 fev 11:37
Yangiliklar

WBO fevral oyi reytingini elon qildi, Abduqahhorov nechanchi o'rinda?
Hamyurtimiz Qudratilla Abduqahhorov o'z janglarini o'tkazib kelayotgan yarim o'rta (66,68 kg) vazn toifasining WBO reytingida litvalik Egidiyus Kavaliauskas peshqadamlik qilyapti. Amerikalik Terens Krouford ushbu yo'nalish chempioni bo'lib turibdi.
Britaniyalik Amir Xan ikkinchi, amerikalik Jessi Vargas uchinchi o'rinni band etgan. Qudratilla Abduqahhorov esa 11-pog'onadan joy olgan. Bokschimizdan avvalgi o'rinlarni argentinaliklar Luis Alberto Veron, Diego Ramires, germaniyalik Sebastyan Formella, amerikaliklar Luis Kolacco, Ellis Rashidi singari charm qo'lqop ustalari egallashgan.
Eslatib o'tamiz, Abduqahhorov 30 mart kuni AQSHda yaponiyalik Keyta Obaraga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu jang yarim o'rta vazn toifasida IBF chempionlik kamari uchun saralash jangi vazifasini o'tab beradi. G'olib bokschi keyingi jangini rosmana chempionlik kamari uchun o'tkazish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Fikrlar