25 mar 10:45
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO Fundoraning navbatdagi jangiga rasman buyruq berdi
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) super yarimo'rta vazn toifasidagi chempion Sebastyan Fundoraning (22-1-1, 14 KO) Xander Zayas (21-0, 13 KO) bilan jang o'tkazishini rasman belgiladi.
Bokschilarning jamoalari yigirma kun ichida bir to'xtamga kelishlari kerak, aks holda tashkilot promouterlar o'rtasida kimoshdi savdosini o'tkazadi.
Terens Krouford bu vaznda WBO yo'nalishi bo'yicha vaqtinchalik chempion edi, biroq u tashkilotga super o'rtavazn toifasiga o'tish niyatida ekanligini bildirgan.
Eslatib o'tamiz, 23 martga o'tar kechasi amerikalik Sebestyan Fundora raqibi CHordeyl Bukerni muddatidan avval mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : WBO
Fikrlar