02 mar 08:59
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO, IBF, WBC, WBA Rossiyadagi turnir va janglarni tan olmaydi va tasdiqlamaydi
Professional boksning barcha nufuzli yo'nalishlari - WBO, IBF, WBC, WBA Rossiyadagi janglarni tan olmaydi.
"Boks olamidagi to'rtta tashkilot Ukrainadagi vaziyat bo'yicha o'z poziciyasini bildirish uchun birlashmoqda. Dunyo o't ochishni to'xtatishni talab qilar ekan, tashkilotlarimiz ham Rossiyadagi boks bo'yicha turnirlarni tan olmaslikka qaror qilishdi.
Bundan tashqari, biz Rossiya hududidagi janglarni vaziyatga ijobiy baho berilmagunicha tan olmaymiz va maqullamaymiz", — deyiladi rasmiy xabarda.
Bayonotni barcha to'rt tashkilot prezidentlari imzoladilar: Fransisko Valkarsel (WBO), Daryl Peoples (IBF), Maurisio Sulaymon (WBC) va Gilberto Mendoza (WBA).
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar