04 iyu 14:36
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO kamari uchun to'rt davogar ringga ko'tariladi
Yarim og'ir vaznda sobiq jahon chempioni Eleyder Alvares (25-1, 13 KO) hamda chempionlikka sobiq davogar Jo Smit (25-3, 20 KO) o'zaro saralash jangida to'qnash kelishadi.
Jahon chempionlik kamari uchun rasmiy davogar nomini aniqlab beruvchi ushbu jang 16 iyul kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Hozirda yarim og'ir vazn toifasidagi WBO chempionlik kamari vakant bo'lib turibdi.
Top Rank promouterlik kompaniyasi vice-prezidenti Karl Morettining aytishicha, Alvares - Smit jangi g'olibi rossiyalik bokschilar Umar Salamov va Maksim Vlasov to'qnashuvi g'olibiga qarshi WBO kamari uchun ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar