30 mar 13:30
Yangiliklar
Boks/MMA
WBO Mozes Itaumani majburiy davogarga aylantiradi
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) tez orada Mozes Itaumani superog'ir vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun majburiy davogar etib belgilaydi.
Bu haqda tashkilot prezidenti Gustavo Oliveri malum qildi.
"Men CHempionlar qo'mitasiga Itaumaga WBO superog'ir divizionida majburiy davogar maqomini berishni rasman tavsiya qilaman", - deb yozdi Oliveri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, WBO chempionlik kamari ayni paytda Itauma singari Ben Deyvison qo'l ostida shug'ullanadigan Fabio Uordliga tegishli bo'lib turibdi. Bokschilar bir zalda yonma-yon shug'ullanishadi va avvallari bir necha bor bir-birlari bilan to'qnash kelishni istamasliklarini aytishgan.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar