26 mar 20:39
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO reytingi yangilandi. O'zbek bokschilari qanday o'rinda?
WBO (Butunjahon boks tashkiloti) bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.
Tashkilotning mart oyi uchun yangilangan reytingdan to'rt nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin olgan.
Unga ko'ra, o'taengil vazn (-50,80 kg) toifasida Olimjon Nazarov 5-o'rinni egallab turibdi.
Birinchi yarimo'rta vazn (-63,5 kg) toifasida SHohjahon Ergashev esa 8-o'rindan joy olgan.
Qudratillo Abduqahhorov esa yarimo'rta vazn (-66,6 kg) toifasida Qudratillo Abduqahhorov 12-pog'onadan joy olgan.
Ikkinchi o'rta vazn toifasida esa Bektemir Meliqo'ziev ayni paytda 12-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar