03 noy 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA
WBO tashkilotiga yangi prezident saylandi
SHu kungacha Butunjahon boks tashkiloti (WBO)ni boshqarib kelgan 76 yoshli Fransisko Valkarsel o'z xohishi bilan prezidentlikni topshirdi.
U WBO tashkilotining yillik 37-kongressida lavozimidan ketishini elon qildi. Uning o'rnini ixtisosligi yurist bo'lgan yana bir funkcioner Gustavo Oliveri egalladi. Ushbu suratda Gustavodan tashqari qolgan to'rt yo'nalish prezidentlari Maurisio Suleyman (WBC), Derril Piplz (IBF) va Xilberto Mendosa (WBA)ni ko'rish mumkin.
Kongressning so'nggi kuni WBO tashkilotining yangi prezidenti saylandi. Ko'pchilik 1996 yildan beri WBO prezidenti bo'lib kelayotgan Valkarselning yangi muddatga qolishini taxmin qilib turgan bir paytda keksa Fransisko o'z postida ketishini elon qildi. Yangi prezident Olivera sakkiz yildan beri Valkarselning yordamchisi bo'lib ishlab kelayotgandi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar