29 avg 10:15
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO va WBC kamari uchun jang qiladigan bokschilar taroziga chiqishdi + FOTO
Bizning vaqt bilan ertaga tongda AQSHning Las-Vegas shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangi amerikalik Xose Ramires (25–0, 17 KO) hamda ukrainalik Viktor Postol (31–2, 12 KO) o'rtasida o'tkaziladi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang g'olibi WBC va WBO kamarlarini qo'lga kiritadi. Hozirda bu ikki kamar Ramiresga tegishli bo'lib turibdi.
Bugun esa bokschilar ananaga ko'ra tarozidan o'tish hamda ko'z urishtirish marosimlarida ishtirok etishdi. Ramires 63,41 kg, Postol esa 63,36 kg tosh bosdi. Birinchi yarim o'rta vazndagi maksimal og'irlik 63,5 kg qilib belgilangan.
Malumot uchun, ushbu shou Bob Arumga tegishli Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda. Bokschilar o'rtasidagi jang koronavirus pandemiyasi sabab ikki bor ko'chirilgandi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar