08 noy 09:49
Yangiliklar
WTA Finals. Bosh sovrin dunyoning oltinchi raketkasida!
Jahon reytingida dastlabki sakkiz o'rinni egallab turgan tennis malikalari o'rtasida o'tkazilgan musobaqada Karolin Garsiya bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
Dunyoning oltinchi raketkasi bo'lib turgan franciyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida reytingda o'zidan bir pog'ona yuqorida joylashgan belaruslik Arina Sobolenkoni 7/6(4), 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilar kortda 101 daqiqa harakat qilishgan. Bu ularning o'zaro o'tkazgan beshinchi uchrashuvi bo'lib, Karolin hisobda oldinga chiqib oldi - 3:2. Garsiya 11, Sobolenko esa 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Karolin Garsiya faoliyatidagi 11-sovrinni qo'lga kiritdi. WTA Finals turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 1375 reyting ochkosi hamda 1,570,000 dollar mukofot puli keltirdi. Jahon reytingida u 4-o'ringa ko'tarilib oladi. Sobolenko esa beshinchi raketkaga aylanadi hamda 955 reyting ochkosi bilan birga o'z hamyonini 750,000 dollarga boyitadi.
Fikrlar