So’nggi yangiliklar

09:46Лайлохон Собирова Осиё чемпиони! Яна икки курашчи қизларимиз ҳам шоҳсупада! (+ФОТО) 0 09:17Усик — Верхувен жанги статистикаси эълон қилинди 0 08:53Португалияда сенсация: Иккинчи дивизион вакили Кубок финалида "Спортинг"ни мағлуб этди! 0 08:28Тарихий натижа! Юнон-рум курашчиларимиз 7 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди 0 08:01Ислам Махачев UFC’даги навбатдаги жанги санасини тасдиқлади 0 19:03"Жон деб". Рико Верхувен Усик билан реванш истагини билдирди 0 18:39"Челси" ва "Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани қайтармоқчи 0 18:18"Давом этиш керак эди". Жошуа Усик — Верхувен жанги ҳақида фикр билдирди 0 17:54"Жон Жонс — ММА оламидаги Майкл Жордан" - Дана Уайт 0 17:26Сауль Альварес Усикнинг баҳсли ғалабаси ҳақида фикр билдирди 0 17:02Хаби Алонсо "Челси"га "Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини олиб келиши мумкин 0 16:43Таэквондо терма жамоамиз Осиё чемпионатини 11 та медаль билан якунлашди 0 16:17Рико Верхувен Усик билан жанг бўйича расмий шикоят берди 0 15:43Бокс ҳамжамияти Усик - Верхувен жанги натижасига муносабат билдирди 0 15:16Пеп "Ман Сити"дан кетиши ҳақида: "Мен дам олишга лойиқман" 0

09 avg 17:36
Yangiliklar

Tennis

WTA reytingi. 208 pog'onaga pastlagan Niginadan boshqa barcha tennis malikalarimiz sezilarli darajada yuqoriladi

Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional tennischilarning haftalik yangi reytingini elon qildi.

Yangilangan reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko juda katta tafovut bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Amerikalik Koko Goff ikkinchi o'rinni saqlab qoldi. Uimbldon turniri chempioni Iga Svyontek kuchli uchlikni yakunlab turibdi. Top-10 reytingida bir nechta o'zgarish kuzatildi. Medison Kiz 8-pog'onadan 6-o'ringa ko'tarilib oldi. 

Qozog'istonlik Elena Ribakina 2 pog'onaga yuqorilab, Top-10`ga qaytdi. Monreal WTA 1000 turniri chempioni, kanadalik 18 yoshli Viktoriya Mboko 61 pog'onaga ko'tarilib, faoliyatida ilk bor dunyoning 24-raketkasiga aylandi. Finalda Mbokoga yutqazgan yaponiyalik Naomi Osaka 24 o'ringa yuqorilab, reytingning 25-pog'onasiga joylashdi. 

Yangilangan reytingda 6 nafar tennis malikamizdan birgina Nigina Abduraimova pastladi. Tajribali tennischimiz 208 pog'ona quyiga sho'ng'ish barobarida O'zbekistonning ikkinchi raketkasi maqomini Darya SHubinaga topshirdi. U endi mamlakatimizning uchinchi raqamli tennischisi. Birinchi raketkamiz Vlada Yakshibarova 6, ikkinchi raqamli tennischimizga aylangan SHubina 17, Milana Maslenkova 16, Sabrina Olimjonova 14, Diana Yakovleva 20 pog'onaga ko'tarildi. 

WTA reytingi. 9 avgust kungi holat:

1 (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 12010

2 (2) Koko Goff (AQSH) - 7669

3 (3) Iga Svyontek (Polsha) - 6933

4 (4) Jessika Pegula (AQSH) - 5488

5 (5) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4948

6 (8) Medison Kiz (AQSH) - 4579

7 (6) CHjen Cinven (Xitoy) - 4553

8 (7) Amanda Anisimova (AQSH) - 3834

9 (9) Jasmine Paolini (Italiya) - 3586

10 (12) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 3283


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

871 (877). Vlada Yakshibarova – 28 

1223 (1240). Darya SHubina – 9 

1259 (1051). Nigina Abduraimova – 8  

1264 (1280). Milana Maslenkova – 8 

1388 (1402). Sabrina Olimjonova – 5 

1407 (1427). Diana Yakovleva – 4

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing