26 sen 17:02
Yangiliklar
WTA reytingi. Akgul Amanmuradova 12 pog'ona yuqoriladi
Unga ko'ra, reytingning Top-10 ligida bir nechta o'zgarish kuzatildi. Ispaniyalik Paula Badosa 1 pog'ona yuqorilab, kuchli uchlikka kirib oldi, estoniyalik Anett Kontaveyt esa mos ravishda 4-pog'onaga joylashdi. 7-o'rindagi Arina Sobolenko ham 1 pog'ona ko'tarildi. Reytingni hamon polshalik Iga Svyontek boshqarib bormoqda.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qolgan bo'lsa, Akgul Amanmuradova 12 pog'ona yuqoriladi. Yangilangan haftalik reytingda Sevil Yuldasheva ham 10 o'rin yuqorilashga erishdi.
WTA reytingi. 26 sentyabr holatiga ko'ra:
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 10180 ochko
2. (2) Ons Jaber (Tunis) - 5090
3. (4) Paula Badosa (Ispaniya) - 3934
4. (3) Anett Kontaveyt (Estoniya) - 3860
5. (5) Jessika Pegula (AQSH) - 3501
6. (7) Arina Sobolenko (Belarus) - 3470
7. (6) Mariya Sakkari (Greciya) - 3176
8. (8) Kori Goff (AQSH) - 3047
9. (9) Simona Xalep (Ruminiya) - 3025
10. (10) Karolin Garsiya (Franciya) - 2930
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
187 (187). Nigina Abduraimova - 352
950 (962). Akgul Amanmuradova - 17
1301 (1311). Sevil Yuldasheva - 7
Fikrlar