27 okt 17:10
Yangiliklar
WTA reytingi. Birinchi raketkamiz ko'tarildi, Vlada ham 30 pog'ona yuqoriladi
Yangilangan reytingdagi tennis malikalarimiz soni 7 nafarga etdi. Ularning 2 nafari jadvalda ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. O'zbekiston fuqaroligini qabul qilgan Mariya Timofeeva ikki pog'ona yuqorilab, 144-o'rinni egallab turibdi. Uning hisobida 519 WTA reyting ochkosi bor. Qolgan barcha tennischilarimizning umumiy ochkosi 53 ni tashkil qilmoqda. Ikkinchi raketkamiz bo'lib qolgan Vlada Yakshibarova ham bugun elon qilingan reytingda 30 o'ringa ko'tarilib oldi. Milana Maslenkova 5, Darya SHubina 6, Diana Yakovleva va Sabrina Olimjonova 7 pog'onaga pastlagan. Anchadan beri musobaqalarda qatnashmayotgan Nigina Abduraimova o'z o'rnida qolgan.
Dunyo tennischilar reytingida esa hamon belaruslik Arina Sobolenko peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi polshalik Iga Svyontek karvonboshiga yaqinlashib bormoqda. Kuchli uchlikka amerikalik Koko Goff yakun yasagan. Qozog'istonlik Elena Ribakina 7-pog'onadan 6-o'ringa ko'tarildi. Italiyalik Jasmin Paolini aksincha, ikki pog'onaga pastladi.
WTA reytingi. 27 oktyabr kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) – 9870
2. (2) Iga Svyontek (Polsha) – 8195
3. (3) Koko Goff (AQSH) – 6563
4. (4) Amanda Anisimova (AQSH) – 5887
5. (5) Jessika Pegula (AQSH) – 5183
6. (7) Elena Ribakina (Qozog'iston) – 4350
7. (8) Medison Kiz (AQSH) – 4335
8. (6) Jasmin Paolini (Italiya) – 4325
9. (9) Mirra Andreeva (Rossiya) – 4319
10. (10) Ekaterina Aleksandrova (Rossiya) – 3375
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
144 (146). Mariya Timofeeva – 519
982 (1012). Vlada Yakshibarova – 21
1183 (1178). Milana Maslenkova – 11
1269 (1263). Darya SHubina – 8
1309 (1309). Nigina Abduraimova – 7
1469 (1462). Diana Yakovleva – 3
1469 (1462). Sabrina Olimjonova – 3

Fikrlar