14 noy 13:04
Yangiliklar

WTA reytingi. Iga mavsumni birinchi raketka sifatida yakunladi, Nigina o'z o'rnida, Akgul va Sevil ko'tarilishdi
Avvalgi reyting bilan taqqoslaganda, Top-10`da hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Polshalik tennis malikasi Iga Svyontek mavsumni birinchi o'rinda yakunladi. Ikkinchi o'rinda borayotgan Ons Jaber peshqadamdan 6030 ochko kam jamg'argan.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi. Akgul Amanmuradova va Sevil Yo'ldosheva bir xilda 7 pog'onadan o'z o'rinlarini yaxshilab olishdi.
WTA reytingi. 14 noyabr kungi holat
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 11085 ochko
2. (2) Ons Jaber (Tunis) - 5055
3. (3) Jessika Pegula (AQSH) - 4691
4. (4) Karolin Garsiya (Franciya) - 4375
5. (5) Arina Sobolenko (Belarus) - 3925
6. (6) Mariya Sakkari (Greciya) - 3871
7. (7) Kori Goff (AQSH) - 3646
8. (8) Darya Kasatkina (Rossiya) - 3435
9. (9) Veronika Kudermetova (Rossiya) - 2795
10. (10) Simona Xalep (Ruminiya) - 2661...
O'zbek tennischilarining WTA reytingidagi o'rni:
192 (192). Nigina Abduraimova - 339
1103 (1110). Akgul Amanmuradova - 10
1156 (1163). Sevil Yo'ldosheva - 9...
Fikrlar