23 sen 12:08
Yangiliklar

WTA reytingi. TOP-10 o'z o'rnida. Tennischilarimizdan biri 89 pog'ona yuqoriladi
Yangilangan reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Ikkinchi raketka Iga Svyontek Seuldagi WTA 500 turniri chempionligi evaziga Arinaga birmuncha yaqinlashib oldi. Braziliyalik Beatris Xaddad Mayya aksincha, Seuldagi chempionlik ochkolarni himoya qila olmagani uchun 18 pog'onaga pastladi. Kaldash-da-Rainedagi WTA 125 turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritgan Polina Yacenko Top-200 reytingida debyut qildi.
Yangilangan reytingda hamon 6 tennis malikamiz bo'lib, ularning 2 nafari ko'tarilishga erishdi. O'zbekistonning ikkinchi raketkasiga aylangan Milana Maslenkova 89 pog'onaga yuqorilab, 1146-o'ringa joylashdi. To'rtinchi raketkamiz Nigina Abduraimova boshqalarning pastlagani evaziga 1 o'ringa yuqoriladi. Birinchi raketkamiz Vlada Yakshibarova 6, uchinchi raqamli tennischimiz Darya SHubina 7, Sabrina Olimjonova 4, Diana Yakovleva 5 pog'onaga pastladi.
WTA reytingi. 22 centyabr kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 11225 ochko
2. (2) Iga SHvyontek (Polsha) - 8433
3. (3) Koko Goff (AQSH) - 7873
4. (4) Amanda Anisimova (AQSH) - 5109
5. (5) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4793
6. (6) Medison Kiz (AQSH) - 4579
7. (7) Jessika Pegula (AQSH) - 4383
8. (8) Jasmin Paolini (Italiya) - 4006
9. (9) CHjen Cinven (Xitoy) - 4003
10. (10) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 3833
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
980 (973). Vlada Yakshibarova – 20
1146 (1235). Milana Maslenkova – 12
1230 (1223). Darya SHubina – 9
1308 (1309). Nigina Abduraimova – 7
1447 (1443). Sabrina Olimjonova – 4
1468 (1463). Diana Yakovleva – 3
Fikrlar