17 noy 17:40
Yangiliklar
WTA reytingi. Top-100 o'zgarishsiz. Qizlarimizda ahvol qanday?
Yangilangan reytingdagi tennis malikalarimiz soni o'tgan haftada bo'lgani singari 5 nafarni tashkil etmoqda. Birgina to'rtinchi raketkamiz Nigina Abduraimova o'z o'rnida qoldi. Qolgan to'rt tennischimiz reytingda pastlashdi. Birinchi raqamli tennischimiz Mariya Timofeeva bir pog'onaga pastlab, 151-o'ringa tushdi. Ikkinchi raketkamiz Vlada Yakshibarova 8, uchinchi raketkamiz Milana Maslenkova 10, Diana Yakovaleva esa 5 pog'onaga pastladi.
Dunyo tennischilarining nafaqat Top-10, balki Top-100`taligida ham bu hafta hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindan polshalik Iga Svyontek joy olgan. Kuchli uchlikka amerikalik Koko Goff yakun yasagan. WTA Finals chempioni qozog'istonlik Elena Ribakina 5-o'rinda bormoqda.
WTA reytingi. 17 noyabr kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 10870 ochko
2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 8395
3. (3) Koko Goff (AQSH) - 6763
4. (4) Amanda Anisimova (AQSH) - 6287
5. (5) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 5850
6. (6) Jessika Pegula (AQSH) - 5583
7. (7) Medison Kiz (AQSH) - 4335
8. (8) Jasmin Paolini (Italiya) - 4325
9. (9) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4319
10. (10) Ekaterina Aleksandrova (Rossiya) - 3375...
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
150 (149). Mariya Timofeeva – 486
1061 (1034). Vlada Yakshibarova – 16
1184 (1184). Milana Maslenkova – 11
1321 (1315). Nigina Abduraimova – 7
1469 (1464). Diana Yakovleva – 3

Fikrlar