So’nggi yangiliklar

20:18Ўсмир боксчиларимиз ҳам Осиё чемпионатини умумжамоа ҳисобида биринчи ўринда якунлашди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:22Сарвар Зафаржонов Осиё чемпиони! 0 19:01Игорь Сергеев терма жамоа машғулотлари ҳақида: "Жисмоний жиҳатдан юқори юкламалар бериляпти" 0 18:39"Отаси миллиардер бўлсада, дангаса эмас". Эксперт Царукян ҳақида гапирди 0 18:17"Жуда ҳайронман". Имавов Чимаевнинг мағлубияти ҳақида фикр билдирди 0 17:52"Ҳали 100 фоиз эмас". Усик келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 17:26"Барселона"нинг ёзги асосий транфер мақсади маълум 0 17:01"Афсуски, бу амалга ошмайдиган кўринади" - Нганну Жонс билан жанг ҳақида гапирди 0 16:48Қарши ОПСТТМ ходимлари ва спортчиларининг пойтахтга сафари самарали бўлди 0 16:39Жейк Пол Дана Уайт ўзига тақиқ қўйганини айтди 0 16:22БУММ! Рамазон Темиров UFC чемпионлиги учун собиқ даъвогар билан жанг қилади, рақиб топ-10дан! 0 16:16Чимаев қанча муддатга жанглардан четлатилгани аниқ бўлди 0 15:51Ўзбекистонлик ҳакамлар U-17 Осиё Кубогининг навбатдаги баҳсида ишлайди 0 15:27Фрэнсис Нганну: "Мен MMA тарихидаги энг яхши жангчиман" 0 15:05Афсонавий Гарри Каспаров Синдаровни яна бир афсонага қиёслади 0

11 noy 10:52
Yangiliklar

Tennis

WTA reytingi. Yakuniy turnir chempioni Top-5`da, qizlarimizda ahvol chatoq - ikki nafari reytingni tark etdi

Teglar :  WTA reytingi
Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) ham professional tennischilarning haftalik yangi reytingini elon qildi.

Yangilangan reytingdagi tennis malikalarimiz soni 5 nafarni tashkil etmoqda. Sabrina Olimjonova va Darya SHubina WTA reytingini tark etdi. Birgina uchinchi raketkamiz Milan Maslenkova o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi. Qolgan tennischilarimiz reytingda pastlashdi. O'zbekiston fuqaroligini qabul qilgan Mariya Timofeeva 1 pog'ona pastlab, roppa-rosa 150-o'rinni egallab turibdi. Uning hisobida 486 ochko bor. O'tgan hafta u 513 WTA reyting ochkosiga ega edi. Ikkinchi raketkamiz Vlada Yakshibarova ham 27 o'ringa pastladi. Nigina Abduraimova 6, Diana Yakovleva 5 o'rin quyiga sho'ng'idi. 

Dunyo tennischilar Top-10`taligida bitta o'zgarish kuzatilmadi. WTA Finals chempioni qozog'istonlik Elena Ribakina 6-pog'onadan 5-o'ringa ko'tarildi. Qolgan tennis malikalari o'tgan haftadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Reytingida hamon belaruslik Arina Sobolenko peshqadamlik qilmoqda. U WTA Finals bosh sovrini uchun kechgan final uchrashuvida Ribakinaga yutqazib qo'ygandi. Ikkinchi o'rindan polshalik Iga Svyontek joy olgan. Kuchli uchlikka amerikalik Koko Goff yakun yasagan. 


WTA reytingi. 10 noyabr kungi holat:

1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 10 870 ochko

2. (2) Iga SHvyontek (Polsha) - 8395

3. (3) Koko Goff (AQSH) - 6763

4. (4) Amanda Anisimova (AQSH) - 6287

5. (6) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 5850

6. (5) Jessika Pegula (AQSH) - 5583

7. (7) Medison Kiz (AQSH) - 4335

8. (8) Jasmin Paolini (Italiya) - 4325

9. (9) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4319

10. (10) Ekaterina Aleksandrova (Rossiya) - 3375...


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

150 (149). Mariya Timofeeva – 486

1061 (1034). Vlada Yakshibarova – 16  

1184 (1184). Milana Maslenkova – 11 

1321 (1315). Nigina Abduraimova – 7  

1469 (1464). Diana Yakovleva – 3

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing