11 okt 10:30
Yangiliklar
Tennis
Wuhan Open. Arina Sobolenko 1/4 finalda
Xitoyning Uxan shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA turniri bo'lib o'tmoqda.
Sayyoramizning ikkinchi raketkasi Arina Sobolenko musobaqaning chorak final ishtirokchisiga aylandi. Belaruslik tennis malikasi Wuhan Open uchinchi davrasida irodali g'alabaga erishdi. Arina WTA reytingida 35-o'rinni egallab turgan qozog'istonlik Yuliya Putincevani uch set natijasiga ko'ra taslim etdi - 1/6, 6/4, 6/0.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi. Ikki soatu uch daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 4, Putinceva 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik Arina tomonida bo'ldi - 6 ga 5! Endi amaldagi chempion 1/4 finalda polshalik Magdalena Frenxga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar