04 fev 15:41
Yangiliklar
Boks/MMA

"Xabib 1,5 - 2 yildan so'ng faoliyatini yakunlasa ham bo'laveradi"
Xabib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedovning aytishicha, o'g'li yana 2-3 ta jang o'tkazib, professional sportchilik faoliyatini yakunlasa ham bo'ladi.
"O'ylaymanki, Xabib 1,5 - 2 yildan so'ng faoliyatini tugatsa bo'ladi. Men maksimum uchta jang deb o'ylayman. Ikkita o'rtacha, yoki uchta.
Biz Nurmagomedovlar 32-33 yilgacha turamiz, keyin poziciyani boy bera boshlaymiz, buning xech qanday qo'rqinchili joyi yo'q. SHundan so'ng chidamlilik, kuch va ko'z nuri kamayadi. Ringda ko'p yillarni o'tkazish yakunda shunga olib keladi. Bu hozircha boshlanmadi, lekin seni jo'natib yubormaslaridan, sen vaqtida ketishing lozim", - dedi Abdulmanap Nurmagomedov.
Havola :
Manba : TACC
Fikrlar