28 jan 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA

"Xabib aniq Fergyusonni mag'lub etadi"
UFC jangchisi Kevin Li Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Nima uchun Dastin Poreni engil vaznda sovrin uchun davogarlar qatorida ko'rsatilayotganini tushunmayapman. U reytingi yuqori sportchilarni mag'lub eta oladi, lekin uni davogarlar qatorida ko'rmayapman.
SHuningdek, Xabibni mag'lub eta olishiga ham ko'zim etmayapti. Dastin bugungi Toni Fergyusonni mag'lub eta oladi. Toni so'nggi jangida o'ziga o'xshamadi.
O'ylaymanki, Xabib u bilan jangda muammolarga duch kelmaydi. Muddatidan oldin g'alaba haqida nimadir deya olmayman, ammo Xabib aniq Fergyusonni mag'lub eta oladi.
Xabibning kelasi jangi sport tamoyillari bo'yicha olib qaraydigan bo'lsak, Toni Fergyusonga qarshi o'tkazilishi lozim", - dedi Li.
Havola :
Manba : MMAJunkie
Fikrlar