23 sen 17:18
Yangiliklar

Xabib bilan jang qilmoqchi bo'lganlar yana bittaga ko'paydi
Bu haqda o'rta va yarimog'ir vazn toifasida chempionlik kamariga davogar CHel Sonnen aka-uka Diaz jamoasidagi manbasiga tayanib xabar berdi.
"Menga aytishicha, agar Nik Diaz Robbi Louler ustidan g'alabaga erishganidan keyin, oktagonda Xabib Nurmagomedovga raqiblik qilmoqchi. Nik Xabibni yarimo'rta vazn toifasida jangga chorlaydi", - dedi amerikalik podkastning keyingi qismida.
“Agar Nik Dias haqiqatan ham shunday qilsa, bu uning uslubi bo'lmaydi, chunki ilgari u kamdan-kam hollarda kimgadir qarshi chiqardi. U Jorj Cent-Perni jangga chorladi, lekin men uni boshqa hech kimga "vyzov" tashlaganini eslay olmayman. Aftidan, Nik nafaqat javob, balki Xabibdan ham rozilik olishiga ishonadi. O'ylaymanki, agar u Xabib chorlovni qabul qilishiga ishonmaganida bu ishni qilmasdi”,- dedi CHel Sonnen.
Fikrlar