30 jan 13:52
Yangiliklar
Boks/MMA

“Xabib bilan kuzda yangi vazn chempionlik kamari uchun jang qilaman”
Bellator hamda ONE FC yo'nalishlarining sobiq chempioni Ben Askren engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov bilan jang o'tkazish istagini borligini malum qildi.
Askrenning aytishicha, ushbu jang joriy 2019 yilning kuz oylarida va yangi vazn toifasida bo'lib o'tadi.
“Xabib Nurmagomedovning men haqimda aytgan gaplarini eshitdim. U haqda qayg'ura boshladim. U oktagonda o'rnidan tura olmay qolgan holatida nimalar deb qo'yganini tushunib etadi. Oktyabr yoki noyabr oyida Xabib bilan yangi vazndagi jangimiz bo'lib o'tadi”, - deya o'zining rasmiy Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Askren.
Eslatib o'tamiz, Ben Askren yaqindagina UFC promousheni bilan shartnoma imzolagandi. Uning debyut jangi 2 mart kuni Las-Vegasdagi turnirda Robbi Loulerga qarshi kechadi.
Havola :
Fikrlar