21 fev 19:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Dana Uayt undan kim haqida tez-tez so'rashini oshkor qildi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedov Dana Uayt undan ko'proq qaysi jangchi haqida so'rashi haqida gapirdi.
“Dana Uayt eng ko'p Umar haqida so'raydi. Men unga boshqalar haqida aytib berishga harakat qilaman, chunki u Umarni allaqachon biladi. Men Tuxugov haqida, Tagir haqida aytib berishga harakat qilaman. Ammo, u faqat Umarni biladi”, — dedi Nurmagomedov Instagramida.
Eslatib o'tamiz, Nurmagomedov faoliyatidagi so'nggi jangini 2020 yil oktyabr oyida o'tkazgandi. O'shanda UFC 254 turnirida Jastin Getjini ikkinchi raundda mag'lub etgan edi. Jangdan so'ng rossiyalik o'z faoliyatini tugatishga qaror qilganini aytgandi.
Xabib MMAda 29 ta jangda 29 ta, shu jumladan UFCda 13 ta jangda 13 ta g'alabaga erishgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar