05 mar 19:00
Yangiliklar
Xabib faoliyatini tiklashi va otasi haqida gapirdi: “U yordam beradigan etimlar ko'p edi”
Lekin iymon hammasidan ustun
Meni namuna qilib ko'rsatishlari havotirga soladi. Menga odamlar qanaqadir yutuqlarga erishgan sportchi sifatlarida qarashlarini istayman. Musulmon sifatida namuna bo'lishni xohlamayman.
Bu meni g'azablantiradi. O'rnak sifatida ko'rsatishga loyiq inson bor. Bu inson - payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v). Men uni namuna sifatida ko'rsata olaman, hamda boshqalar ham shunday qilishlari lozim.
Agar etiqodim bo'lmaganda, otam vafot etganlarida aqldan ozishim mumkin edi. Iymon bizni Olloh beradigan narsalarga qanoat qilishga o'rgatadi: U beradi, U oladi. Inson qanday yashashi kerakligi va uning umri qancha qolganini U belgilaydi. O'sha paytda iymonim menga yordam berdi, usiz men o'zimni qo'lga ololmasdim.
Biz Yaratganga ibodat qilish uchun tug'ilganmiz va yaratilganmiz, shuningdek men uchun iymon sportdan ham ustun. Yaqinlarim hamda farzandlarimning ham etiqodli bo'lishlarini istayman. Inson yaratgan uchun emas, undan nimadir xohlab sajda qilishi eng yomonidir. Iymon oiladan, hamma narsadan ustundir.
Xabib ochiqchasiga otasini xotirladi - u bilan qanday kelisholmagani, lekin bo'ysungani va natijalarga erishgani haqida
Bazida men otam bilan kelisholmay qolgan yoki otam men bilan kelisha olmay qolgan vaqtlar bo'lgan, biroq oxirida ikkalamiz ham bularga birga echim topardik.
Bazan ular mendan imkonsiz paytda nimadir so'raganida tushunmaganman. Lekin u “SHunchaki aytganimni qil, qo'lingdan keladi”, deb aytardi. 80 foiz xollarda men qanaqadir natijaga erishganimda otamning haq bo'lganini tushunib etardim.
Rozi bo'lmasamda meni majburlar va u bergan maslahatlarga amal qilib, 90 foiz xollarda muvaffaqiyatga erishar edim.
Odamlarni otamga mening murabbiyim va janglarni o'tkazgan inson sifatida qarashlarini xohlamayman. Ularda ko'p rejalar bo'lgan, eng muhimlaridan biri - insonlarni tarbiya qildi hamda bilim olishiga yordam berdi. U har doim menga ”Eng katta va yaxshi sarmoya - insonlar uchun ajratilgan sarmoya”, deb aytardi.
Mening ko'plab qarindoshlarimni otam qo'lladi va yordam berdi. Ko'plab etimlarni parvarish qildi. SHu yo'nalishda u katta avlod qoldirdi. Albatta, hammasi yaratgandan, ammo otam bularga sababchi inson bo'ldi. Vaqt o'tgan sari odamlar u o'zidan qanday katta avlod qoldirganini tushunib etishadi.
Xabibning aytishicha, butun faoliyati Konor bilan jangga bog'liq edi. SHuningdek Nurmagomedov qaytishga qiziqyapti
Menda yuqori natijalarga erishadigan birodarlarim, do'stlarim bor. Yordam beradigan, shug'ullanadigan va o'zimning tajribalarimni o'rgatayotgan besh-oltita jangchilarim bor. Qaysidir taraflama buni murabbiylik hayoti deyish mumkin, lekin men doimiy murabbiylik bilan shug'ullanish haqida bir to'xtamga kelmadim.
Har kuni uyg'onishim bilan mashg'ulot qilishni boshlardim, haddan ortiq ko'p shug'ullanganim tufayli kechga borib tanam juda charchar edi. Endi o'zimni 100 foiz sportga bag'ishlamasdan, tush paytigacha biroz uxlab oladigan va o'zim uchun yashashni boshlaydigan hayotni istayman. Oktagonga qaytamanmi? Buni vaqt ko'rsatadi deb o'ylayman.
Bu sport turida raqiblarimizga zarar keltirib, o'zimizning kuchimizni ko'rsatishimiz meni havotirga soladi. Men futbolni yaxshi ko'raman, sababi go'zallik bilan o'zingni qanchalik yaxshi sportchi ekanligingni ko'rsata olasan. Qafas ichida boshqa, undan tashqarida esa umuman boshqa insonman.
Qafasda men o'zimning bor shiddatimni, har qanday jangga tayyorligimni ko'rsatishim kerak, shuningdek har doim oldimga qo'limni g'olib sifatida ko'tarish maqsadini qo'yar edim.
Tashqarida oddiy insonman. Oddiy qilib aytganda: “Bo'ling, lekin ko'rinmang”. Bunday paytlarda yaxshi inson bo'lishim qiyin emas. Men o'zimni yaxshi inson deb o'ylayman. Faqatgina oktagondaligimda raqiblarimga bor kuchimni ko'rsatishga majburman.
Konor? Menga qilgan barcha tahdidlari etiborsiz qoldirildi. Unga jangda gap bilan harakat qilish ilojsizligini ko'rsatdim. Harakatlaring bilan muvaffaqiyatga erishishing mumkin, buni mening raqibim uddalay olmadi. Uni engganim katta yutug'im edi, chunki ko'pchilik Konorni engilmas deb hisoblardi.
Butun faoliyatim shu jangga bog'liq edi. Uni mag'lub qilganimda, elkamdan tog' ag'darilganday bo'ldi. Bu holatimni so'z bilan ifodalab bo'lmaydi. Men buni har bir inson o'zi his qilib ko'rishini tilayman.
Sports.ru sayti asosida Ozoda Qayumova tayyorladi
Fikrlar