17 fev 20:58
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/205451_220.jpg)
Xabib ham Islamning raqibi o'zgargani haqida gapirdi
Xabaringiz bor, UFC engil vaznlilar reytingila to'rtinchi o'rinni egallab turgan Islam Maxachevning raqibi o'zgardi.
Beneil Dariush mashg'ulot chog'ida oyog'idan jarohat olgach, uning o'rnini Bobbi Grin egalladi. Islamning jamoadoshi, so'nggi janglarida sekundant vazifasida oktagonga chiqayotgan sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov ham raqib o'zgarishiga munosabat bildirdi.
"SHunchaki yo'lda davom etamiz. CHinakam jangchiga raqibning kim ekanligini nima farqi bor?" - deya vaziyatga munosabatini bildirgan Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev - Bobbi Grin to'qnashuvi 26 fevral kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkaziluvchi UFC Fight Night 202 turnirining markaziy besh raundlik jangi bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar