15 iyu 11:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Islam Maxachev Poreni mag'lub qilishiga ishonmoqda
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Islam Maxachevning ushbu diviziondagi kelajagi haqida gapirdi.
"Maxachev hozir ajoyib ko'rinishda. Yaqinda u 30 ga to'ladi. 30-32 yosh eng mukammal payt. Islam Dastin Poreni mag'lub qilishiga ishonchim komil. U Oliveyrani ham mag'lub qilishi mumkin. Ammo, bunga vaqt kerak. O'ylashimcha, Islam bu yigitlarni barchasi ustidan g'alabaga erishadi", - dedi Xabib Nurmagomedov ESPN MMA kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev keyingi jangini Tiago Moyzesga qarshi 18 iyul kuni o'tkazadi. Ushbu jang UFC Vegas 31 turnirining asosiy jangi bo'ladi.
Havola :
Manba : ESPN.com
Fikrlar