06 fev 19:31
Yangiliklar

Xabib: "Islam o'z vaznida dunyoning eng zo'ri bo'ladi"
"Bu yigit 20 yildan buyon ko'z o'ngimda ulg'aymoqda. Men uni deyarli butun hayotim davomida kuzatdim. Unda chempionlik ruhi bor. Avval aytganimdek, bu musobaqada uch toifa vakillari mavjud. Bular: oddiy jangchilar, chempionlar va elita qatlamidir.
Men Islamning elita qatlami jangchisi bo'lishiga chin yurakdan ishonaman, sababi u hammasiga qodir, yaxshi jang qila oladi, qo'l va oyoqda yaxshi zarba bera oladi. Men uni yangi avlod vakili deb ayta olaman.
O'ylashimcha, men 2015-2021 yillar davomida eng zo'ri edim va shu vaqt ichida men har kimni mag'lub etishim mumkin edi. 2020 yildan boshlab, 2024 yoki 2025 yilgacha Islam engil vaznda tengsiz bo'lishi mumkin, agar o'z ustida faol ishlasa, jarohatlar unga halaqit bermasa. Men bunga ishonaman", - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Maxachev navbatdagi jangini 26 fevral sanasida, UFC Fight Night turniri doirasida Beneil Dariushga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar