30 dek 09:05
Yangiliklar
Xabib Islam va Umarning tayyorgarligidan ko'ngli to'lmayapti
"Ko'nglim to'lyaptimi yoki yo'q? To'g'risini aytaymi? Zo'rg'a to'rt baho qo'yaman. Uchdan balandroq, lekin to'rt ham emas. CHorshanba kuni kechki payt dam olishdi. SHu to'g'rimi? Biz shanba kuni kechqurun va yakshanba kunigina dam olamiz, bo'ldi. Qolgan kuni mashg'ulot. Gap tamom", - deya jamoadoshlarining mashg'ulotiga etirozli munosabat bildirgan Xabib Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Islam va Umar uch haftadan keyin, aniqrog'i bizning vaqt bilan 19 yanvar kuni tongda Los-Anjelesda o'tkaziladigan UFC 311 turnirida oktagonga chiqadi. Maxachev asosiy jangda o'z chempionlik kamarini Arman Carukyandan himoya qilsa, Umar Nurmagomedov ko-meynivent jangida gruziyalik Merab Dvalishvilining kamarini tortib olishga urinib ko'radi.
Fikrlar