15 avg 11:15
Yangiliklar

Xabib jamoasi bilan jang uchun uchib ketdi + FOTO
«Hozirgina uchdik…», deyiladi surat ostidagi izohda.
Suratdan shu narsani anglash mumkinki, Xabib jamoadoshlari bilan birga Zubayra Tuxugovning navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko'rish uchun safarga otlangan.
Eslatib o'tamiz, Zubayraning shu yil mart oyida Rikardo Ramosga qarshi jangi dog'istonlik yakkakurash ustasining jarohati sabab kechroq muddatga qoldirilgandi. 30 yoshli Tuxugov o'tgan yili ikkita jangda oktagonga ko'tarildi. Avvaliga fevral oyida Oklend (Yangi Zelandiya) shahrida Kevin Agilarni muddatidan avval mag'lub etdi. Sentyabrda "Janglar oroli"da o'tgan UFC oqshomida esa Hakim Davoduga ochkolar hisobida yutqazib qo'ydi. U UFC promoushenida 7 ta jang o'tkazgan bo'lib, hisobida 4 g'alaba, 2 mag'lubiyat va 2 durang bor. Ramosga qarshi jangi oktyabr oyida bo'lib o'tadi.
Fikrlar