16 fev 18:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib jarima to'ladi. 500 ming jarimaga tortilgan sportchi yakunda 750 ming dollarga tushdi
UFCning engil vazndagi chempioni Xabib Nurmagomedov UFC 229 turniridan so'ng yuzaga kelgan tartibsizliklar uchun 500 ming AQSH dollari miqdoridagi jarimani to'ladi.
Rossiyalik sportchi shuningdek, ukasi Abubakar Nurmagomedov hamda jamoadoshi Zubayra Tuxugovga (25 ming dollardan), uni himoya qilgan advokat uchun esa 200 ming dollar pul to'ladi.
Eslatib o'tamiz, Nevada sport komissiyasi Xabibni 9 oyga janglardan chetlatgandi. U iyul oyigacha oktagonga chiqa olmaydi.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar