04 fev 08:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Konor bilan revansh nima sababdan tashkillashtirilmaganini aytdi
Rossiyalik sobiq aralash yakkakurashlari jangchisi, 33 yoshli Xabib Nurmagomedov irlandiyalik jangchi Konor Makgregor bilan revansh jangi ahamiyatga ega emasligini aytdi.
"Menimcha, u birinchi jangda mag'lub bo'lganidan xursand edi. Agar hakam yaqinida bo'lmaganida nima bo'lar edi? Ular (UFC rahbariyati) menga revansh taklif qilishmadi. UFC hatto xayron qoldi:
"Sen nega yana u bilan jang qilishing kerak? Buning uchun u bir necha janglarda yutishi kerak, sen ham g'alaba qozonishing kerak. SHundagina biz revansh tashkillashtirishimiz mumkin. Ammo, hozir sen uni bir raundda mag'lub qilasan va u yana qaytib kelaveradi. SHunday ekan, bundan mano yo'q", — deb aytib o'tgan Nurmagomedov intervyusida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar