21 fev 13:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Konor Makgregorning kelajagi haqida fikr bildirdi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Konor Makgregorning kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Konor endi kuchliroq bo'lib qaytmaydi. Xechqachon. Jangchi hech qachon o'zining cho'qqisiga ikki marta chiqmaydi.
Bu faqat jamoalarda bo'lishi mumkin. Misol uchun, "Real Madrid" 2000 yillar va 2015, 2016, 2017, 2018 yillarda o'z cho'qqisiga chiqqan.
Sababi, jamoalarda o'yinchilar o'zgaradi. Lekin biz bir inson haqida gapiryapmiz. Bokschi, atlet, kurashchi, MMA jangchisi - ular xech qachon ikki marta o'zlarining eng yuqori formalariga bo'la olishmaydi", - dedi Xabib Nurmagomedov.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar