15 avg 14:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Konorni Getjidan xavfliroq deb hisoblaydi
UFC jangchisi Xabib Nurmagomedov Konor Makgregorni Jastin Getjidan xavfliroq deb hisoblaydi.
“Getjining kuchsiz tomoni u tez charchaydi. Iloji boricha jangni cho'zishim kerak, o'shanda o'ziga bo'lgan ishonchi borgan sari yo'qolib boradi. Getji bahsning boshida kuchli harakat qiladigan jangchilar qatoriga kiradi. U tik turgan holatida Konordan xavfliroqmi? Men bunday deb o'ylamayman, Konor kuchliroq”, - dedi Xabib.
Eslatib o'tamiz, Xabib va Getji o'rtasidagi jang 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar