24 jan 08:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib kuzga qadar yana bitta jang o'tkazadi
Xabaringiz bor, rossiyalik UFC jangchisi Xabib Nurmagomedov 18 aprel kuni Toni Fergyusonga qarshi oktagonga chiqadi.
Xabib ushbu jangdan so'ng yana bir bor yoz faslining oxirlarida oktagonga ko'tarilishi mumkinligi haqida xabar qilindi. Bu haqida Xabibning menejeri Rizvan Magomedov malumot tarqatdi.
“Haqiqatdan ham Xabib yozning oxirlarida oktagonga qaytishi mumkin. CHunki mayning oxirida Ramazon oyi tugaydi, undan so'ng bir oy qayta tiklanish mashqlari amalga oshiriladi. SHundan so'ng u yoz fazlining oxirlariga tayyor bo'lishi mumkin”, - dedi Rizvan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar