03 sen 12:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Makgregor ustidan g'alaba qozonishidagi eng muhim faktorni aytdi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov nimaning hisobiga Konor Makgregorni mag'lub qilgani haqida gapirdi.
"G'alaba qozonishimdagi eng muhim faktorlar bu - chidamlilik va holislik bo'lgan. Konor juda yaxshi zarba beradi. Ammo, men bu jangda ruhiy tomondan boshqa darajada edim.
Hammamiz kurashishni bilamiz, hammamiz urisha olamiz. Ammo, o'zini to'g'ri tutish eng muhimi. Konor bilan jangda men jismoniy holatimdan ko'ra ruhiyatga katta urg'u bergandim. Jangchi sifatida Konor juda kuchli. Ammo ruhiy chidamlilik tomonlan qaralsa, men undan ancha yaxshiroqman", - dedi Xabib Nurmagomedov
Havola :
Manba : "Р-Спорт"
Fikrlar