19 avg 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Makgregorni mag'lub etgan usul haqida: "Odam bunday bo'g'ishdan so'ng o'lib qolishi mumkin"
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov Konor Makgregor bilan jang haqidagi savolga javob qaytardi.
"Nima bo'lganini ko'rgandingiz. Referi Xyorb Dinni olib tashlab ko'ring va men oxirigacha borgan bo'larmidim yoki yo'q, bilib olasiz. Odam bunday bo'g'ishdan o'lib qolishi mumkin. Sizni ozgina bo'g'ib ko'rishim mumkin, o'shanda gap nima haqida ketayotganini tushunib olasiz. Sizni 30 yildan beri bu ish bilan shug'ullanadigan odam bo'g'ib qo'ysa - bu sovuq quroldir", - dedi Xabib Nurmagomedov.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar