25 mar 09:02
Yangiliklar

Xabib Masvidalni qo'llab-quvvatlab, UFC`chilarni Kovington bilan jangni rad etishga chaqirdi
"Agar oktagonda kimdandir kuchli bo'lsangiz, bu siz uning bolalarini haqorat qilishingiz mumkin degani emas. Birovning oilasini haqorat qilishga hech kimning haqqi yo'q. Agar bu yo'ldan yurishga qaror qilsangiz, gapirgan gapingizga javob berishga tayyor turishingiz kerak bo'ladi.
Sizga o'zingiz bilan teng professional jangchi hujum qildi va siz unga qarshi ayblovlar qo'yish uchun policiyaga borasiz, shundaymi? Yarimo'rta vazndagilarning bari Kolbi bilan jangni rad etishlari kerak deb o'ylayman.
SHunchaki, u bilan jangga rozi bo'lmang! U jangsiz qolsin. Bu ehtimol unga va oilani haqorat qiladigan barcha jangchilarga sezilarli tasir qilar. U bilan shug'ullanish uchun uni restorandan izlash kerak", - deb yozgan Xabib ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Fikrlar