07 sen 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Maxachev - Dos Anos jangiga taxminini bildirdi
Dog'istonlik engilmas Xabib Nurmagomedov do'sti Islam Maxachev hamda Dos Anos o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.
"Ha, men Islam uchun qayg'uraman. CHunki, Dos Anos ancha kuchli va tajribali jangchi. U juda ko'p bor besh raundlik janglarda ishtirok etgan. Anos Kamaru Usman, Kovington, Feldler kabi kuchlilarga qarshi jang qilgan. Bunday janglardan esa katta tajriba olish mumkin.
Men Islamni birinchi raundning o'zida raqibini parterda ushlashini istagan bo'lardim. Agar u shu tarzda g'alaba qozona olsa, juda ham ajoyib ish bo'lardi. CHunki, Dos Anosni Kamaru va Kolbi ham parterda ushlashga harakat qilishgan, biroq buni uddalay olishmagan. Agar Islam shu ishni amallasa, Dos Anosni shu holatdagi ilk mag'lubiyati bo'ladi", - dedi Xabib.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar