21 fev 13:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib: "Maxachev Getji – Oliveyra jangi g'olibiga qarshi oktagonga chiqadi”
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning fikricha, Islam Maxachev Bobbi Grin bilan jangdan so'ng chempionlik uchun kurashadi.
“Dariush jarohatdan so'ng yana jang qilishga majbur bo'ladi. Nasib qilsa, Maxachev Bobbidan so'ng Getji – Oliveyra jangi g'olibiga qarshi oktagonga ko'tariladi. Yil oxirida Islam chempionlik uchun kurashadi”, — dedi Nurmagomedov o'z "Instagram"ida.
Grinn so'nggi bor 13 fevral kuni Nasrat Hakparastni mag'lub etgandi. Hozirda u 29 g'alaba, 12 mag'lubiyat va 1 durang qayd etgan. Rossiyalik jangchiga kelsak, u so'ngi jangida Den Xukerni ishonchli tarzda taslim etdi. Maxachev uchun bu g'alaba professional yakkakurashlarda 22-jangidagi 21-g'alabasi bo'lgandi.
Havola :
Fikrlar