03 mar 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib: Meni musulmonlar uchun o'rnak sifatida ko'rsatishlarini yoqtirmayman
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov musulmonlar uchun o'rnak sifatida keltirishlarini istamasligini malum qildi.
"Bu men uchun og'ir. Meni odamlarga misol qilib ko'rsatishadi, bu havotirli. Odamlar sportdagi erishgan natijalarimdan o'rnak olishlarini istagan bo'lardim. Lekin ko'pchilik meni din jihatdan o'rnak sifatida ko'rsatmoqda, buni esa men istamayman.
Odamlar mendan o'rnak olishlari kerak emas, balki barchamiz Janob Payg'ambarimiz Muhammad SAVdan o'rnak olib yashashimiz lozim", - dedi Xabib.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar